Bobur Abdurahmonov: "Yigitlar sekin-asta pishib yetishadi"

23 may 2026, 13:17
"Paxtakor Farm" va "Yaypan" jamoalari o'rtasida Proliganing 3-turidan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsdan so'ng yosh "sherlar" murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'yin haqidagi fikrimga kelsak, bugun yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Himoyada ham, hujumda ham yomon o'ynamadik. Faqat bahs oxirida gol o'tkazib yuborganimiz biroz alamli bo'ldi.

Uchrashuv davomida ko'p mehnat qildik, bizda ham vaziyatlar bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Mayli, endi buning ustida yana ishlaymiz. Tarkibdagi yosh futbolchilarimiz hali tajriba to'plab, sekin-asta pishib yetishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia