

Futbolchi taklif qilingan shartlardan qoniqmadi. Kataloniyaliklar futbolchi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish sharti bilan bir mavsumga uzaytirmoqchi. Rafinya 2030 yilgacha shartnoma tuzmoqchi. Shuningdek, braziliyalik futbolchi maoshi oshishiga erishmoqchi.
Rafinya atrofidagi vaziyatni "Al Hilol" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Saudiya klubi allaqachon braziliyalik futbolchiga foydali taklif bilan chiqqan. Ammo, vinger "Barselona" bilan kelishib olishni maqul ko'rmoqda.



