

Saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga "Neftchi" va "Navbahor" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda muzokaralarda namanganliklar ustunlikka ega bo'lib, Abdullaevning aynan "Navbahor"ga o'tish ehtimoli yuqoriroq.
Abdulla Abdullaev hozirda BAAning "Dibba" klubi sharafini himoya qilmoqda. U JCH–2026da O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qildi.
Abdullaev BAAya jamoasi tarkibida 30 o'yinda maydonga tushib, 2ta golga assist bo'ldi.



