

Manbaga ko'ra, futbolchi bir necha oydan buyon parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike ro'yxatida turibdi. Avvalroq Ispaniya OAVlari Alvares "Atletiko"da qolish niyatida emasligini va o'z faoliyatini rivojlantirish uchun PSJga o'tishni ustuvor variant deb bilishini xabar qilgan edi.
Alvares “Atletiko”ga Manchester Siti"dan o'tgan. Ushbu mavsumda hujumchi klub safida 49 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



