PSJ "Arsenal" futbolchisi uchun 150 million evro to'lashga tayyor

14 iyun 2026, 01:02
"Arsenal" qanot hujumchisi Bukayo Saka PSJning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Parijliklar ingliz futbolchisining transferi uchun 150 mln evro to'lashga tayyor. PSJning fikricha, Saka yozda klubni tark etishi mumkin bo'lgan Gonsalu Ramushning o'rniga ajoyib o'rinbosar bo'ladi.

Bukayo Saka 2025/26 yilgi mavsum "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goals Zone