PSJ APLning ikki nafar futbolchisi uchun 130 million evro to'lashi mumkin

12 iyun 2026, 10:30
Mateush Fernandesh va Krisensio Sammervill PSJga o'tishi mumkin. PSJ klubi "Vest Xem" futbolchilarini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

"Foot Mercato" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar APLdan tushib ketgan London klubi bilan aloqaga chiqishgan va yarim himoyachilar - Mateush Fernandesh hamda Krisensio Sammervillni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirishmoqda. "Vest Xem" Fernandeshni 80 million evroga, Sammervillni esa taxminan 50 million evroga baholagan.

Qayd etilishicha, YCHL g'oliblari "bolg'achilar"ning moliyaviy holatini zudlik bilan yaxshilashga majbur ekanligidan foydalanib, ancha foydaliroq bitim tuzishga umid qilishmoqda.

Ma'lumot uchun, Mateush Fernandesh yakunlangan mavsumda jami 42 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 tadan gol va assist bor. Transfermarkt nashri yarim himoyachini 50 million evroga baholagan. Krisensio Sammervill esa o'tgan mavsum London jamoasi tarkibida jami 34 bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 5 ta assist bor. Transfermartk nashri niderlandiyalik futbolchini 35 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato