

PSJ bugungi o'yinda Labubu (monstr ko'rinishidagi kollekciyabop yumshoq o'yinchoqlar brendi) bilan hamkorlikdagi yangilikni taqdim etadi.
Matvey Safonov jamoasi Liga 1ning qoldirilgan 29-turi doirasida safarda "Lans" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
"Bugun oqshom "Lans"ga qarshi o'yinda "Pari Sen-Jermen" liboslarida Labubudan ilhomlangan maxsus printdan foydalaniladi.
Ushbu tashabbus klubning sport, moda va zamonaviy madaniyat chorrahasidagi mavqeini mustahkamlashga, shuningdek, "Ici C’est Paris – La Maison" shiori ostidagi faolligi orqali o'zining xalqaro ta’sirini kengaytirishga bo'lgan intilishini namoyish etadi", - deyiladi PSJ xabarida.




