PSJ Nike bilan bilan yangi kelishuv bo'yicha deyarli ikki baravar ko'p pul oladi

13 iyul 2026, 08:50
Fransiyaning PSJ klubi Nike kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini besh yilga - 2037 yilgacha uzaytirishga tayyorgarlik ko'rmoqda, deb xabar beradi L’Équipe.

Yangi kelishuvga ko'ra, klub har yili taxminan 100 million evro oladi - bu hozirgi to'lovlardan (yiliga 60 million evro) sezilarli darajada yuqoridir.

Muzokaralar Luis Enrike qo'l ostidagi PSJ 2024/2025 yilgi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida g'olib chiqqanidan so'ng boshlandi. Klub prezidenti Nasser Al-Xelayfining topshirig'iga binoan rahbariyat 1989 yildan beri parijliklar bilan ishlab kelayotgan texnik hamkor bilan yangi shartlarni ishlab chiqishga kirishdi. Shu bilan birga, amaldagi shartnoma 2032 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, yangi bitim u tugashiga olti yil qolganda imzolanadi.

Yangi shartlarni hisobga olgan holda PSJ eng syerdaromad hamkorlik shartnomalariga ega klublar qatoriga kiradi. Taqqoslash uchun: "Barselona" 2024 yilning noyabr oyida Nike bilan hamkorlikni 2038 yilgacha uzaytirgan edi; Ispaniya OAVlarining xabariga ko'ra, bitim summasi taxminan 1,7 milliard evroni tashkil etgan.

O'xshash yangiliklar