PSJ Ferran Torres uchun "Barselona"ning har qanday taklifini ortda qoldirishga tayyor

1 avg 2026, 16:27
Fransiya chempioni PSJ "Barselona" hujumchisi Ferran Torresni o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda.

"Diario Sport" nashri tarqatayotgan ma'lumotlarga qaraganda, parijliklar 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga kataloniya klubi taklif qilishi mumkin bo'lgan har qanday shartnomadan ham yaxshiroq shartlarni taklif etishga tayyor.

PSJ Ferran Torresga 5 yillik shartnoma va uning hozirgi maoshidan ancha yuqori oylik taklif qilgan. Klub vakillari futbolchiga "Barselona"ning har qanday taklifini moliyaviy jihatdan ortda qoldirishlari mumkinligini ham bildirgan.

Xabarlarga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi ilk muloqot Jahon chempionati vaqtida bo'lib o'tgan. Torres francuz klubining taklifini kamida eshitishga rozilik bergan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport