

“L'Equipe” nashrining xabar berishicha, monegasklar parijliklarning 24 yoshli futbolchi transferi bo'yicha bergan 50 million evrolik so'nggi taklifini ijobiy qabul qilgan.
Manbaning aniqlik kiritishicha, futbolchining o'zi avvalroq PSJga o'tishga rozilik berib bo'lgan, biroq shartnoma tafsilotlari hali kelishib olinishi kerak.
Akliush o'tgan mavsum “Monako” safida 43 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



