Rasman: "Nasaf" "Navbahor" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
1 avg 2026, 21:10
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Abbos G'ulomov faoliyatini Qarshining "Nasaf" jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.

Tomonlar o'zaro kelishuvga erishgach, tajribali futbolchi Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa bilan rasmiy shartnoma imzoladi. O'zbekiston Superligasining joriy mavsumida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan qarshiliklar yangi o'yinchini keng ommaga tanishtirdi va G'ulomov "Nasaf" tarkibida 70-raqam ostida maydonga tushishi ma'lum qilindi.

photo_2026-08-01_16-32-00.jpgphoto_2026-08-01_16-32-01.jpg

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати