Jorje Jezush: "Ronaldu meni "Al Nassr"ga chaqirganida, chempion bo'lishiga yordam berishimni aytgandim va adashmadim"

Aslanov Jasurbek
16 noya 2026, 23:28
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning alohida maqomini ta'kidladi.

- Uels terma jamoasi Garet Beyl kabi futbolchilarni yo'qotgach, yirik turnirlarga chiqishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ronaldu esa Portugaliya terma jamoasidan ketdi.

- Hamisha bir xil mavzu (kuladi). Krishtianu - Portugaliya futboli va milliy jamoasi afsonasi. Biz Krishtianuni hech qachon unuta olmaymiz.

U bilan bir yil birga ishladim va u meni "Al Nassr"ga taklif qilganida, unga chempion bo'lishda yordam berishimni aytgandim. Va men adashmadim.

Bu [Ronalduning terma jamoadan ketishi] barchamiz biladigan va tayyor turgan reallikdir, - dedi murabbiy Millatlar Ligasi doirasidagi Uelsga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo