

"Albatta, Krishtianu uchun juda qiyin va qayg'uli bo'ldi. Uni shunchaki aldashdi va bu menga ham cheksiz darajada og'riq beradi. Terma jamoaning Daniya bilan o'yindagi mag'lubiyati mutlaqo haqli, ularga shu ham kam - hatto bu natijadan chin dildan xursand ham bo'ldim!
Shunchalik buyuk faoliyat uchun tantanali taqdirlash marosimi uning o'zi ishtirokida o'tishi shart edi, o'siz emas. Unga asl hurmatni mana bu yerda, qadrdon "Sporting"da ko'rsatishadi - u yerda uni chindan ham qadrlashadi. Milliy jamoada esa uni hurmat qilishmadi, hatto terma jamoadagi o'rtoqlari ham", - deydi Aveyruning so'zlarini A Bola keltiradi.



