Ronaldu faoliyati davomida tepgan 222 ta penaltidan nechtasini golga aylantira olmagan

21 noya 2026, 00:50
Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 222-marta penalti tepdi.

"Al Nassr" hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al-Ahli"ga qarshi uchrashuvda 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirdi. Biroq uning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi va portugaliyalik futbolchi dubl qayd etish imkoniyatini qo'ldan boy berdi.

Shu tariqa, Ronaldu faoliyati davomida 38-marta penaltidan foydalana olmadi. Uning qolgan 184 ta zarbasi gol bilan yakunlangan. Bu 82,9 foizni tashkil etadi.

Taqqoslash uchun, Lionel Messi faoliyati davomida 150 marta penalti tepgan. Ularning 115 tasini golga aylantirgan - 76,7 foiz.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia