Pep Gvardiola Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida gapirdi

20 noya 2026, 09:10
"Manchester Siti" sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasi ustozi bo'lgani haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Klopp futbol olamidagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Unga bo'lgan hurmatim va havasimni hatto so'z bilan ifodalay olmayman.

U shunday shaxsiyat va shunday murabbiyki, futbol olamimizni yanada yaxshiroq qiladi. U xarizmaga ega va fikrlarini etkazishda nihoyatda mahoratli.

Uning yana murabbiylikka qaytganidan juda xursandman. Futbolga Yurgen kabi shaxslar kerak. Ishonamanki, uning rahbarligi ostida Germaniya yana o'z yo'liga qaytadi, terma jamoaga bo'lgan munosabat o'zgaradi, jamoaga quvonch qaytadi va muxlislar yana o'z terma jamoasi bilan faxrlanishadi.

Uning Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lishini eshitganimda juda xursand bo'ldim.

Yurgen futbolchilarni o'z o'yin uslubiga ishonishga va uni qabul qilishga ruhlantiradi. Shundan so'ng ishlar yana yaxshilanadi. Germaniya keyingi Yevropa chempionati yoki Jahon chempionatida g'olib bo'ladimi-yo'qmi, buni hech kim ayta olmaydi. Ammo nemis muxlislari yana o'z terma jamoasi bilan faxrlanishiga 100 foiz ishonaman", - dedi Gvardiola Bundesliga Magazine nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar

Manba: Bundesliga Magazine