

Uning yillik maoshi 28,3 million dollarni tashkil etadi - bir yil avval u 20,45 million dollar olar edi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Messidan tashqari MLSda yana to'rt nafar futbolchi kamida 10 million dollar ishlab topadi. Bu o'yinchilar qatoriga Robert Levandovski ("Chikago Fayr") - 19,51 million dollar, Antuan Grizmann ("Orlando Siti") - 13,94 million dollar, Son Xyon Min ("Los-Anjeles") - 11,25 million dollar va Bril Embolo ("Atlanta Yunayted") - 10,81 million dollar kiradi.
Messi uchun ko'rsatilgan summa uning faqat o'yin uchun oladigan daromadini aks ettiradi. Avvalroq futbolchining yillik umumiy daromadi 70–80 million dollarni tashkil etishi xabar qilingan edi.



