Kamoliddin Tojiev: "Goldan keyin "Paxtakor" futbol o'ynamadi"

17 iyul 2026, 23:27
Superliganing 12-turi doirasida "Paxtakor" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun gol urdik va shundan keyin "Paxtakor" umuman o'ynamadi. Futbolchilarim shunday yutib ketamiz deb o'ylashgan shekilli. Lekin hozir hech kim g'alabani bunchalik oson bermaydi. Bu haqda yigitlarga ham aytdim. Dastlabki 10 daqiqalikni hisobga olmasak, hech kim o'z darajasida futbol o'ynamadi.

- Jamoa golgacha yaxshi o'ynab turgandi, lekin goldan keyin g'alati o'ynadi jamoa. Deyarli 2 oy mobaynida o'yinsizlik sababli jamoa tonusni yo'qotgandek ko'rindi.
- Tonusda bo'lmasa ham kurashishi, o'ynashi, yugurishi kerak. Hech kim tonusda emas. Boshqa sabablari bor. Buni taxlil qilib, futbolchilar bilan gaplashib olamiz.

1000137847.jpeg

- Statistikaga qarasak, "Paxtakor"da 2, "Lokomotiv"da esa 5 aniq zarba bor ekan. "Loko"ning ko'p hujumlari o'tib ketdi. Himoya chizig'ida muammolar borga o'xshaydi.
- Bugun bizda muammolar ko'p edi. Hamma poziciyada muammolar bor edi. Jarima maydonchasi yoniga boramiz, lekin zarba bermaymiz. Chapga, o'ngga pas, nima futbolchilar pas bilan to'pni darvozaga olib kirmoqchimidi... Darvozaga tepilmasa, hech kim gol ura olmaydi.

- Stiven Chineduning o'yiniga qanday baho berasiz?
- U mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda. Bugun ham qo'lidan kelgancha harakat qildi, kirishib ketish uchun vaqt kerak. Hudo xohlasa hali gollar uradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia