O'zbekiston U-19 nazorat uchrashuvida "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2024
Ayni kunlarda Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi O'FA maydonida “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi nazorat o'yinida ishtirok etdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Dastlab qo'qonliklar safida Iqbol Malikjonov gol urgan bo'lsa, terma jamoaning goliga Jo'rabek Jo'raev mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi
O'zbekiston U-19 - "Qo'qon-1912" 1:1
Gollar:
Iqbol Malikjonov 15 - Jo'rabek Jo'raev 85.

O'zbekiston U-19:
Samandar Muratbaev, Sherzod Abdulboriev, Meyirbek Rejabaliev, G'iyos Rizakulov, Ro'zimboy Fayzullaev, Mumammadali Reimov, Rustam Fomin, Ravshan Xayrullaev, Daler Tuxsanov, Murod Komilov, Amirbek Saidov.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushirilganlar: Alijon Bekmurodov, Behruz Jumatov, Ozod Qurbonov, Azizbek To'lqinbekov, Sardor Bahromov, Ollabergan Karimov, Jo'rabek Jo'raev, Temur Odilov, Asil Jumaev.

"Qo'qon-1912": Islom Abdullaev, Bobur Akbarov, Fayzullo Qambarov, Zafar Akramov, Farhod Mirahmadov, Javohir Sohibov, Islombek Sharipov, Iqboljon Malikjonov, Doniyor Ismailov, Ibrohim No'monov, Sergey Petrov.
Zaxiradan tushganlar: Asadbek Zokirjonov, Shahzod Beshimov, Anvar Alijonov, Asliddin Toshtemirov.

Ma'lumot o'rnida, bugun tunda O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailand va Indoneziyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etish uchun Jakarta shahriga jo'nab ketadi.




Foto: Nig'monxo'ja Nozimov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia