

Mazkur jarayonlar yuzasidan milliy terma jamoamiz sobiq futbolchisi Sanat Shixov o'z fikrlarini bildirib, murabbiyning ishiga aralashmaslik kerakligini va yoshlarga vaqt berish muhimligini ta'kidladi.
Yoshlarga imkoniyat va murabbiyning taktikasi
– Yoshlarni terma jamoaga jalb qilinayotgani juda yaxshi qadam. Umuman olganda, har bir murabbiyning o'z taktik rejalari va o'ziga xos qarashlari bo'ladi, u shunga mos futbolchilarni tanlaydi. Natija uchun esa aynan u javobgar hisoblanadi. Shu bois "nega uni chaqirmading, buni olmading" deb etiroz bildirish noto'g'ri deb bilaman. Murabbiyga ishlashi uchun maqbul sharoit yaratib berish kerak.
Natija va mahalliy murabbiylar muammosi
– Tezkor natijaga kelsak, tarkibning o'zagi saqlab qolingani holda ko'plab yoshlarga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat berilmoqda. Hozirgi tarkib bilan ham ijobiy natijalarga erishish mumkin. Agar kutilgan natija bo'lmasa ham, murabbiyga vaqt berib, shu yoshlarni tarbiyalab borishiga sharoit yaratib qo'yish lozim. Sababi, tan olish kerak, bizdagi mahalliy murabbiylar bu kabi jiddiy ishlarni uddalay olishmaydi.
U-23 jamoasining muvaffaqiyati va kelajakdagi nomzodlar
– Bugungi kunda U-23 jamoamiz juda yaxshi shakllangan va buni ularning ko'rsatayotgan natijalari ham yaqqol isbotlab turibdi. Guruhdagi o'yinlarning osonlik bilan o'tkazilgani kishini quvontiradi. Buning asosiy sabablaridan biri – jamoamiz raqiblariga nisbatan ancha yosh. O'ylaymanki, ushbu yoshlar terma jamoamizdan ham ko'plab futbolchilar keyingi yig'inlarga chaqiriladi va o'zlarini ko'rsatishadi.


