Bugun Aleksandr Geynrixning rekordi yangilanishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
24 sen 2026, 09:28
O'zbekiston milliy terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan Eron, Suriya va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlari oldidan tarkibga ko'plab yosh iqtidorlar jalb etildi.

Ular orasida eng yosh nomzod – Muhammad Hakimov tarixiy rekordni yangilash arafasida turibdi.

Joriy mavsumda "Bunyodkor" klubi safida Superligada debyut qilgan 16 yoshli futbolchi Muhammad Hakimov bugun milliy jamoa libosida maydonga tushishi mumkin. Agar bu voqea sodir bo'lsa, u 16 yoshu 11 oyligida "Oq bo'rilar" safida rasmiy debyutini o'tkazib, mamlakat bosh jamoasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylanadi.

Ma'lumot uchun, shu kunga qadar milliy terma jamoa safidagi eng yosh debyut rekordi afsonaviy hujumchi Aleksandr Geynrixga tegishli bo'lib turibdi. U 2002 yilda Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 17 yoshu 7 oyligida maydonga tushib, ushbu rekordni o'rnatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia