Sanat Shixov: "Katanetsdan oldindagi o'yinda rotaciya kutmasak ham bo'ladi. Eronga esa yutqazmaymiz"

Iskandarov Abdulaziz
4 iyun 2024
"Tezkor studiya"ning kechagi sonida O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sanat Shixov mehmon sifatida ishtirok etdi.

Efir so'nggida esa O'zbekiston terma jamoasining oldindagi o'yinlari haqida fikrlarini bildirdi. 


"Turkmaniston bilan o'yinda rotaciyaga qo'l urilishi  kerak. Lekin Katanetsdan buni kutmasak ham bo'laveradi. Rotaciya orqali yoshlarni yuqori darajadagi o'yinlarda ko'rib olish kerak. Jamshid Iskanderovga kam imkon beriladi. Shunday o'yinlarda kam o'yin amaliyoti berilayotgan futbolchilarni o'ynatish lozim. 

Abduvohid Ne'matovga ishonch bildirilishi mumkin. Kuchli bo'lganidan keyin qo'yish kerak. Turkmanistonni kuchsiz demayman. O'yinchilari yaxshi, derbi degan nom bor. Murabbiy tarkibda ko'p rotaciya qilmayotganiga sabab terma jamoa kam yig'iladi. Eron bilan buni amalga oshirmasa ham, Turkmanistonga qarshi qolganlarni ko'zdan kechirish darkor.

Tarixga emas, bugungi kunga qaraylik, chunki futbol o'zgarmoqda. Eron ham kuchli jamoa bo'lib ko'rinmayapti, balki bizning jamoa shu darajaga chiqdi. Xudo xohlasa, Eronga yutqazmaymiz. Kamida durang natija qayd etiladi. Xursand qiladigani, o'zbekistonlik futbolchilar Eronning chempion jamoalariga bormoqda. Ular bilan haqiqiy kuchimizni ko'rib olamiz. Elkamizda bosim yo'q. Muxlislardan qanday natija bo'lsa ham qo'llab-quvvatlashni so'rab qolardim",- dedi Sanat Shixov.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia