

“Bu yerda ikkinchi mashg'ulotga tayyorlanayotgandim va yodimga tushib qoldi: dam olish kunimda ko'pchilik go'yoki men poker o'ynaganim va shunga o'xshash narsalar haqida gapirishni boshlabdi. Lekin men ertalab mashg'ulot o'tkazdim, o'yinga bormadim, chunki endigina mashg'ulotlarga qaytgandim, keyingi kuni esa menda dam olish kuni edi. Odamlar buning hammasini muhokama qilishni boshlashdi...
Xullas, hozir mashg'ulotga tayyorlanyapman va sizdan so'ramoqchiman: menga izzat-hurmat bilan tinchgina mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berasizlarmi yoki bu yerda ham har bir qadamimni tasvirga olib, kuzatib turasizlarmi? Yaxshisi, o'z hayotingizga qarang! O'z hayotingiz bilan shug'ullaning!”, – dedi Neymar o'z storisida.
Oldinroq 34 yoshli Neymar San-Pauludagi poker turnirida ko'rinish bergani sababli ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchragandi, chunki u “Santos”ning Braziliya chempionati va Janubiy Amerika Kubogidagi oxirgi o'yinlarida ishtirok etmagan edi. 2026 yilgi Jahon chempionatida Neymar Braziliya terma jamoasi safida 2 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.



