Neymar "Santos" o'yini kuni poker turniriga bordi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2026, 17:16
Neymar Braziliyadagi poker turnirida ishtirok etdi.

Neymar "Santos"ning o'yinini o'tkazib yubordi va poker turnirida o'ynadi. 22 iyulga o'tar kechasi "Santos" Sudamerikana kubogi doirasida safarda Venesuelaning "USV" jamoasini mag'lub etdi (4:1). Jahon chempionatidan keyin tatildan braziliyalik klub safiga qaytgan Neymar murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra jamoa bilan o'yinga bormadi, chunki u individual dastur asosida shug'ullanmoqda. Goal nashri ESPN Brazil'ga tayanib xabar berishicha, "Santos" o'yini kuni Neymar San-Pauludagi Braziliya poker seriyasi (BSOP) turnirida ishtirok etgan. Qayd etilishicha, o'tgan yili braziliyalik hujumchi xuddi shu turnirda 53 500 real (9 239 evro) ishlab topgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal