

Bu haqda "Actu Foot" jurnalist Ramon Alvares de Monning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga tayanib xabar beradi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik vinger uchun kurashga PSJ va "Bavariya" klublari ham qo'shilishi mumkin. Vinisius faoliyatini "Real"da davom ettirishni xohlaydi, biroq yangi mehnat shartnomasi bo'yicha kelisha olmayapti.
Hujumchi 2018 yilning yozidan beri "qirollik klubi" safida to'p suradi. Yakunlangan mavsumda Vinisius barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 140 million evroni tashkil etadi.



