Yamal: "Messi JCHda bunday darajani namoyish etishini hech kim kutmagandi"

9 iyul 2026, 15:50
Ispaniya terma jamoasi yetakchisi Lamin Yamal o'tmish avlodning eng yaxshi futbolchilari - Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Neymar haqida gapirdi.

- Ushbu jahon chempionatida matbuotning e'tibori borasida Siz Messi, Neymar va Krishtianu bilan bir xil darajada turibsiz. Messining ushbu mundialdagi ishtirokini qanday baholaysiz?

- Aql bovar qilmaydigan darajada. Messining kimligini hamma juda yaxshi biladi, ammo hech kim undan bu qadar yuqori darajadagi o'yinni kutmagandi. Men u uchun juda xursandman. Neymar va Krishtianu uchun ham xursandman.

Ular hozir maydonga tushayotgan har birimizning bolaligimizni belgilab berishgan. Ularning hayotidagi har bir yaxshi voqea menga ham quvonch bag'ishlaydi. Biroq, albatta, agar finalgacha yetib borsam, unda g'alaba qozonish niyatidaman, - deya Yamalning so'zlarini Mundo Deportivo nashri keltiradi.

Qayd etish joizki, Messi ayni paytda 8 ta gol bilan joriy JCHning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Ronaldu va Neymar esa turnirni 1/8 final bosqichida tark etishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo