

Argentinalik markaziy himoyachiga Yevropa futbolining ikki grandi qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi insayder Fabricio Romano.
Manbaga ko'ra, Romeroning “Tottenxem”dan ketishi shunchaki vaqt masalasi, chunki hamma narsa kelishib bo'lingan. Argentinalik himoyachi transferi uchun asosiy da'vogar “Inter” hisoblanadi. Milanliklar yaqin orada “shporlar”ning 28 yoshli markaziy himoyachisi vakillari bilan bevosita muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Romeroga “Inter”dan tashqari “Barselona” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq kataloniyaliklar argentinalikni faqat mavjud markaziy himoyachilardan biri shu yozda “ko'k-anorranglilar”ni tark etgan taqdirdagina safiga qo'shib olishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Romero o'tgan mavsum “Tottenxem” safida rasmiy turnirlarda 32 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Kristan Argentina terma jamoasi bilan birga 2026 yilgi Jahon chempionati finaligacha yetib bordi va unda “albiseleste” minimal hisobda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1). “Furiya Roxa”ga g'alabani 106-daqiqada gol urgan “Barselona” hujumchisi Ferran Torres keltirdi.



