Rasman: Yurgen Klopp - Germaniya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2026, 14:55
Yurgen Klopp 2 yillik tanaffusdan so'ng murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda.

U Germaniya terma jamoasi postida Yulian Nagelsmannning o'rnini egallaydi.

Klopp 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etgandi. O'shandan beri hech qaysi jamoani boshqarmadi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab germaniyalik mutaxassis “Red Bull” kompaniyasida futbol yo'nalishining global rahbari sifatida ishlab kelayotgandi. U ushbu sport imperiyasi tarkibiga kiruvchi barcha klublarni nazorat qildi.

“Liverpul” va Dortmundning “Borussiya” klublari sobiq ustozi jamoani Evro-2028 va JCH-2030 musobaqalariga tayyorlaydi.

1.jpg

Yurgen Klopp rasman 15 avgustdan o'z vazifasini bajarishga kirishadi.

Uning murabbiylar shtabidan Peter Kravic, Pepeyn Leynders va Sven Bender o'rin oladi.

Dastlabki ikki mutaxassis Yurgen Klopp bilan “Liverpul”da, Peter Kravic “Maync” va Dortmundning “Borussiya”sida ham birga ishlagan. Sven Bender esa uning qo'l ostida “Borussiya”da to'p tepgan.

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyutini 24 sentyabr kuni o'tkazadi. Shu kuni “Bundestim” Millatlar Ligasi-2026/27 turniri “A” Ligasi guruh bosqichi 1-turida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: dfb.de