Mahmud Mahamadjonov: "Rossiyaga qarshi o'yinda ustunlik qilamiz va o'z futbolimizni namoyish etamiz"

Оқил Абдубарноев
27 okt 2026, 13:30
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Mahmud Mahamadjonov Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

Maxachqalaning "Dinamo" klubida to'p tepayotgan futbolchi O'zbekiston terma jamoasi raqibga qarshi himoyaviy o'yin namoyish etmasligini ta'kidladi.

"Rossiya terma jamoasi yaxshi jamoa. O'ylaymanki, qiziqarli uchrashuv bo'ladi. Hozir O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari yaxshi klublarda to'p surmoqda. Biz faqat himoyadan o'ynaymiz, deb o'ylamayman. Maydonda ustunlik qilamiz va o'z futbolimizni namoyish etamiz", - dedi Mahamadjonov.

Ma'lumot uchun, 23 yoshli himoyachi 2026 yil sentyabr oyida O'zbekiston milliy terma jamoasida debyut qildi. U hozirga qadar terma jamoa safida 3 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport24