

"Ular o'z xohishi bilan klubni tark etdi. Buning o'zlarining sabablari bor. Men bilmayman va menga qiziq emas. Xudo xohlasa jamoada muammo yo'q. Biz o'z ishimizni davom ettirishimiz kerak. Jamoada etarlicha futbolchi bor. Ular bekordan-bekorga bu yerda emas. Rotaciyaga ham imkonimiz bor", dedi 44 yoshli mutaxassis.
Yil boshida "Xorazm"dan qaytgan rossiyalik 31 yoshli darvozabon shu vaqtga qadar u klub safida barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 40 dan ortiq o'yinda maydonga tushgan.
29 yoshli himoyachi Termiz klubi safiga 2024 yilning yozida ko'chib o'tgandi. U ham "Surxon" libosida umumiy hisobda 40 ga yaqin rasmiy uchrashuvda ishtirok etishga muvaffaq bo'lgan.



