

“L’Equipe” nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Zidanning yonida Madridning “Real” klubida birga ishlagan eng yaqin yordamchilari David Bettoni va Hamidu Msaidi faoliyat olib boradi.
Shningdek, shtabdan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Gregori Dyupon hamda 1998 yilgi jahon chempionlari Faben Bartez va Bernar Diomed o'rin olishi kutilmoqda. Zidan jamoasining yakuniy tarkibi avgust oyida shakllanishi kerak, shtab a'zolarining bazilari esa to'liq ishga faqat sentyabr oyidan kirishadi.
Bundan tashqari, Zidan bilan shartnoma imzolangani seshanba, 28 iyul kuni rasman e'lon qilinishi aytilmoqda.



