Yyelichich "Lokomotiv"ning inobatga olinmagan goliga munosabat bildirdi

Оқил Абдубарноев
23 iyul 2026, 13:05
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yyelichich Superliganing 13-turi doirasida "Andijon"ga qarshi o'yinning 10-daqiqasida "temiryo'lchilar"ning hisobga olinmagan goli to'g'risida gapirdi.

– Uchrashuvning 10-daqiqasida "Lokomotiv"ning goli hisobga olinmadi va to'p sherigiga uzatma amalga oshirgan Temurxo'ja Abduxoliqovning qo'liga tegdi deb hisoblandi. Ushbu vaziyat videosini ko'rdingizmi?

– Yo'q, ko'rmadim. Bu vaziyatga baho berish juda qiyin. Endi o'yinni ko'rib chiqamiz. Bizda o'yinni yutib ketish uchun bir qancha vaziyatlar bo'lgandi. Hakam o'yinni unchalik yaxshi his qila olmadi. Bunday paytda hakam ham o'zi istagandek ishlay olmaydi. O'sha vaziyatda hakam haq yoki nohaq edi deya olmayman. Shunchaki 50/50 vaziyatlarda bosh hakam ko'proq "Andijon" foydasiga qaror chiqardi.

BAHSLI HOLAT VIDEOSI

TO'LIQ INTERVYUNI O'QISH

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia