Blatter: "Siyosat futbolni soyada qoldirmasligi kerak"

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2026, 12:15
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter yakunlangan JCH-2026 haqida fikrlarini bildirdi.

Korrupsiya mojarosi sababli lavozimidan chetlatilgan jahon futboli sobiq rahbari Shimoliy Amerikadagi turnirda siyosat musobaqani soyada qoldirganini ta'kidladi va FIFA rahbariyatini yangilashga chaqirdi:

"Eng uzoq davom etgan Jahon chempionati nihoyasiga etdi va haqiqatan ham munosib chempion g'alaba qozondi. Ammo final hushtagigacha bo'lgan yo'lda turnir o'z obro'sini yo'qotdi. Siyosat futbolni soyada qoldirmasligi kerak. Endi muxlislar, futbolchilar va milliy federatsiyalar yangi rahbariyat ostida futbolni va uning haqiqiy qadriyatlarini qaytarishlari lozim", – dedi Blatter.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/SeppBlatter