"Qizilqum" 7 yillik g'alabasiz va golsiz seriyaga barham bera oladimi?

Iskandarov Abdulaziz
23 iyul 2026, 14:06
Superliganing navbatdagi uchrashuvlaridan biri oldidan e'tiborni tortadigan qiziqarli statistikani e'tiboringizga havola qilamiz.

Gap "Navbahor" hamda "Qizilqum" jamoalarining o'zaro qarama-qarshiligi haqida bormoqda.

Tarixga nazar tashlasak, "Qizilqum" so'nggi bor mehmonda roppa-rosa 7 yil muqaddam - 2019 yilgi mavsumda "Navbahor" ustidan zafar quchgan. Shundan buyon o'tgan davr mobaynida navoiyliklar raqibi maydonida nafaqat g'alaba qozona olishmadi, balki namanganliklar darvozasiga birorta ham to'p kirita olishmagan.

Jamoalarning oxirgi o'yinlaridagi natijalari:

  • 27.09.2025 | "Navbahor" – "Qizilqum" 1:0

  • 26.06.2024 | "Navbahor" – "Qizilqum" 0:0

  • 04.03.2023 | "Navbahor" – "Qizilqum" 3:0

  • 16.09.2022 | "Navbahor" – "Qizilqum" 1:0

  • 26.09.2021 | "Navbahor" – "Qizilqum" 0:0

  • 13.07.2020 | "Navbahor" – "Qizilqum" 1:0

  • 26.07.2019 | "Navbahor" – "Qizilqum" 0:1 (Navoiyliklarning so'nggi g'alabasi va goli)

Asosiy faktlar:

  • Quruq seriya: "Qizilqum" ketma-ket 6 ta o'yindan beri "Navbahor" darvozasiga yo'l topa olmayapti.

  • To'plar nisbati: So'nggi oltita bahsda to'plar nisbati "Navbahor" foydasiga 6:0 ni tashkil qilmoqda.

  • Natijalar: Navoiyliklar hisobida oxirgi 6 ta uchrashuvda faqatgina 2 ta nursiz durang bor, qolgan 4 ta bahsda "lochinlar"ning qo'li baland kelgan.

Sizningcha, Jamshid Saidov shogirdlari mazkur yoqimsiz statistikaga nuqta qo'ya oladimi?

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia