Vozinya, Kukurelya, Olise, Mbappe, Messi… FIFA JCH-2026 ramziy terma jamoasini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2026, 13:30
FIFA muxlislar o'rtasidagi ovoz berish natijalariga ko'ra Jahon chempionati-2026 ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Eng yaxshilar tarkibidan bir yo'la sakkizta milliy terma jamoa vakillari joy oldi. Eng ko'p futbolchi ajratgan jamoa esa Ispaniya terma jamoasi bo'ldi - 4 nafar o'yinchi.

Darvozabon: Vozinya (Kabo-Verde)

Himoyachilar: Pedro Porro (Ispaniya), Dayo Upamekano (Fransiya), Lisandro Martines (Argentina), Mark Kukurelya (Ispaniya)

Yarim himoyachilar: Rodri (Ispaniya), Maykl Olise (Fransiya), Jud Bellingem (Angliya)

Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Erling Holand (Norvegiya), Kilian Mbappe (Fransiya)

Muxlislar tanlovi ko'p jihatdan FIFAning rasmiy statistik reytinglari bilan mos tushdi: unda Rodri eng yaxshi himoyaviy rejadagi o'yinchi, Maykl Olise esa turnirning eng yaxshi pleymeykeri deb etirof etilgandi. 10 ta gol bilan Jahon chempionatining eng yaxshi to'purariga aylangan Kilian Mbappe ham kutilganidek hujum chizig'idan joy oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com