

Mankunianliklar turk klubi bilan 30 yoshli darvozabonni to'liq transfer qilish imkoniyatini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. "Trabzonspor"ning o'zi futbolchining o'yinlaridan mamnun va uni uzoq muddatga jamoada saqlab qolishga tayyor.
Onananing amaldagi ijara shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Kamerunlikning taxminiy transfer narxi sakkiz million evroni tashkil etadi. Turkiya chempionatining joriy mavsumida darvozabon oltita o'yin o'tkazib, beshta gol o'tkazib yubordi.



