Touni Angliya chempionatiga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
23 noya 2026, 12:29
"Manchester Yunayted" "Al Ahli" hujumchisi Ayven Touni atrofidagi vaziyatdan xabardor qilib turilgan Premer-liganing yetakchi klublari qatoriga kiradi.

Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli angliyalik futbolchi 2027 yilda Angliyaga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda. Vositachilar yanvar oyidagi transferlar oynasi oldidan ehtimoliy variantlarni izlash ustida faol ish olib borishmoqda. Jumladan, sotib olish huquqi bilan ijaraga berish varianti ham istisno etilmayapti.

Shuningdek, futbolchiga "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda. U ilgari "Brentford", "Piterboro Yunayted", "Skantorp Yunayted", "Uigan", "Shrusberi Taun", "Barnsli", "Nyukasl" va "Nortxempton" jamoalarida to'p tepgan.

Touni 2024 yilning avgustidan buyon "Al Ahli" sharafini himoya qilib kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Hujumchi 2026/27 yilgi mavsum 14 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 20 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk