Ronalduga 5 yil, "Al Nassr"ga 7 yil bo'lgan ekan...

22 may 2026, 01:14
Krishtianu Ronaldu 5 yil deganda ilk marta klublar miqyosida rasmiy chempionlikni qo'lga kiritdi.

Bugun "Al Nassr" o'z maydonida "Damak" klubini 4:1 hisobini mag'lub etgan holda mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Bu portugaliyalik futbolchining klublar miqyosidagi 2021 yildan beri qo'lga kiritgan ilk sovriniga aylandi. So'nggi marta u 2021 yilda "Yuventus" bilan Italiya Kubogiga ega chiqqandi.

"Al Nassr"ning o'zi esa so'nggi marta 2019 yilda mamlakat chempioni bo'lgandi. Oradan 7 yil o'tib, jamoa o'z tarixida 11-marta chempionat sovrinini boshi uzra ko'taradi.

"Al Nassr"dan faqatgina "Al Hilol" (21 marta) va "Al Ittihod" (14 marta) ko'proq chempionlikni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia