

Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma'lumotlariga ko'ra, "Yuventus"ning Seriya A turnir jadvalidagi holatiga qaramay, braziliyalik posbonning atrofidagilar (vakillari) uning turinliklar safida to'p surish istagi borligini tasdiqlashgan.
Italiya chempionati yakunida bir tur qolganida, Luchano Spalletti jamoasi 68 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Beshinchi pog'onadagi "Komo" hisobida ham 68 ochko bor. "Roma" va "Milan" esa 70 tadan ochko bilan mos ravishda to'rtinchi va uchinchi o'rinlarni band etgan.
Joriy mavsumda Alisson Beker klub miqyosidagi barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 36 ta to'p olib chiqdi va 13 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali 33 yoshli darvozabonning transfer bahosini 17 million evroga baholamoqda.



