LIVE. Saudiya Premer-ligasi. "Al-Nassr" - "Damak" 1:0 (matnli translyatsiya)

21 may 2026, 23:00
Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

“Al-Nassr” - “Damak” 1:0

Gollar: 34 - Sadio Mane

“Al-Nassr”: 24. Bentu, 12. Navaf Al-Bushal, 3. Muhammad Simakan, 5. Abdulela Al-Amri, 26. Inigo Martines, 17. Abdulla Al-Xaybari, 10. Sadio Mane, 21. Kingsli Koman, 23. Ayman Yahyo, 79. Joau Feliks, 7. Krishtianu Ronaldu.

Zaxira: 1. Navaf Al-Akidi, 4. Nader Al-Sharari, 70. Avad Aman, 83. Salem Al-Najdi, 96. Saad Al-Nasser, 9. Abdulla Al-Xamdan, 20. Gabriel Anjelo, 29. Abdulrahmon G'arib, 16. Muhammad Maran.

“Damak”: 1. Kevin, 12. Sanusi Al-Xavsavi, 5. Xassan Al-Rabea, 15. Jamal Xarkass, 3. Abdelkader Bedran, 13. Abdulrahmon Al-Obaid, 6. Tarek Abdulla, 20. Dari Al-Anazi, 14. Jonatan Okita, 2. Morlaye Silla, 99. Arielson Sampayo.

Zaxira: 30. Naser Al-G'amdi, 72. Meshal Al-Shaxrani, 22. Abdulraxman Al-Xaybre, 4. Nur Al-Rashidi, 18. Navaf Al-Sadi, 88. Xaled Al-Samiri, 11. Yaku Meyte, 80. Yahyo Naji.

Ogohlantirishlar: 25 - Sanusi Al-Xavsavi, 26 - Dari Al-Anazi

🕘 45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+2. “Damak” bo'lim so'nggida faollikni oshirmoqda.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Feliksning kuchli zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi!

40. Ronaldu havolatib uzatilgan to'pni akrobatik uslubda darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, biroq o'xshamadi.

38. Yana burchak zarbasi va yana to'p oldida Feliks… biroq muvaffaqiyatli bo'ladi bu safargisi.

35. Hisob ochildi, “Al-Nassr” turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqdi, buyog'iga o'yin yanada qizishi aniq.

gettyimages-2277532301-2048x2048.jpg

⚽️ 34. GOL! Mane hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Sadio bosh bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi!

30. Futbolchilarning suv ichib olishlari uchun vaqt berildi.

28. Komanning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.

27. Feliks o'tkir burchakdan turib zarba berdi, biroq noaniq ketdi.

🟨 26. “Damak”ning ikki futbolchisi ikki daqiqa ichida ogohlantirildi.

21. O'ngdan uzatilgan to'pga dastlab Mane zarba berdi, darvozabon qaytardi, so'ng Ronaldu bosh bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq.

16. Al-Xaybarining kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi…

🟨 14. “Al-Nassr” bosh murabbiyiga sariq kartochka ko'rsatildi. Bugun klub murabbiylar shtabi ancha asabiy.

10. Uchrashuvda temp yuqori emas, zarba ko'rmadik.

5. Mezbonlar faol, biroq hozircha tezkor xavfli hujum ko'rmadik.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan uchrashuv - “Al-Nassr” - “Damak” bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia