

Jamoa tarkibida tiklanish jarayoni bilan bog'liq ijobiy o'zgarishlar mavjud. Xususan, jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan va reabilitaciyani muvaffaqiyatli yakunlagan Sanjar Qodirqulov jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shildi. Shuningdek, jamoa hujumchisi Anvarjon Hojimirzaev ham to'liq kuch bilan shug'ullanmoqda va u navbatdagi turda maydonga tushishga tayyor holatda. Hojimirzaev “G'azalkent" shifokori Dilshod Ashirov bilan individual shug'ullandi.



Ayni paytda samarqandliklarning besh nafar a'zosi turli terma jamoalar yig'iniga jalb etilgan. Firdavs Abdurahmonov va Oybek O'rmonjonov O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo o'yinlari – 2026 musobaqasining yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lsa, Azizbek Amonov hamda Edem Nemanov O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Suriyaga qarshi bahsga hozirlik ko'rmoqda. Shu bilan birga, moldovalik legioner Mixail Shtefan bugun UEFA Millatlar ligasi doirasida Slovakiyaga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Terma jamoalarga yo'l olgan barcha futbolchilar 6 oktyabrdan so'ng klub ixtiyoriga qaytadi.
Ma'lumot o'rnida, "Dinamo" O'zbekiston Superligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 9 oktyabr kuni Qarshida mahalliy "Nasaf" jamoasiga qarshi o'tkazadi.



