Anxel Di Mariya: "Benfika"dan qo'ng'iroq qilishganida Portugaliyaning qayerda joylashganini bilmaganman"

Administrator
21 yanv 2026
"Benfika"ning sobiq yarimhimoyachisi, hozirda "Rosario Sentral" jamoasi uchun o'ynayotgan Anxel Di Mariya mamlakatga kelgunicha Portugaliyaning qayerda joylashganini bilmaganini aytdi.

"Bu murakkab qaror edi. Hech qachon voqealar qanday rivojlanishini bilmaysan. Menga qo'ng'iroq qilishganida, Portugaliya qayerda joylashganini bilmasdim, garchi hozir Lissabonni sevib qolgan bo'lsam-da. U erda portugal tilida gaplashishar ekan, bundan bexabar edim. Menga bu Portugaliyaning eng kuchli klubi, Chempionlar Ligasida ishtirok etish tajribasiga ega bo'lgan yirik jamoa ekanligini tushuntirishdi. Bu juda taassurotli edi," - deya Di Mariyaning so'zlarini Marca nashriyoti Telefé’ga asoslanib keltiradi.

Argentinalik futbolchi 2007 yilda "Rosario Sentral"dan "Benfika"ga o'tgan va u erda 2010 yilgacha o'ynagan. Shuningdek, u 2023-2025 yillar oralig'ida ham Portugaliya klubida to'p surgan.


AdministratorMuallif
Manba: Marca