

Uning fikricha, jamoa himoya chizig'ini to'liq yangilashi, shuningdek, yarim himoya va hujumni ham kuchaytirishi kerak.
"Maurisio Pochettino shartnoma orqali o'z manfaatlarini himoya qilib olishidan umidvorman. Chunki unga bu juda kerak bo'ladi.
Ishonchim komilki, u klubdan juda katta transfer byudjeti talab qilgan. Menimcha, u birinchi navbatda himoyachilarni jalb qilishi kerak. Shunda “Manchester Yunayted” bu mavsumda erishmoqchi bo'lgan darajaga hech bo'lmaganda yaqinlasha oladi. Yana bir muhim jihat - u transfer siyosati ustidan nazoratni qo'lga olishi shart. Chunki yozda sodir bo'lgan ishlar klub standartlariga mutlaqo mos kelmagani yana bir bor ayon bo'ldi.
U jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olishi, natijalar uchun to'liq mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi va mablag' ajratish masalasida qatiy turishi kerak. Yanvar oyida himoya chizig'ini kuchaytirish, kelasi yozda esa yarim himoya va hujum chizig'ini yangilash uchun mablag' talab qilishi lozim.
Bu mavsumda ko'rgan yarim himoyachilarim orasida faqat Kobbi Maynu, mening fikrimcha, etarli darajada yaxshi. Himoya chizig'i esa to'liq qayta qurilishi kerak. Shuningdek, markaziy hujumchiga ehtiyoj bor. Qo'shimcha ravishda zaxira darvozaboni ham kerak, deyish mumkin.
Mening fikrimcha, himoya chizig'iga taxminan besh-olti nafar, yarim himoyaga ikki-uch nafar futbolchi, shuningdek, darvozabon va ehtimol, markaziy hujumchi olish zarur. Umuman olganda, tarkibdagi taxminan 10 nafar futbolchini amalda almashtirish kerak", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi.



