Di Mariya Argentina terma jamoasiga murojaat qildi

20 iyul 2026, 19:00
Argentina terma jamoasi afsonasi, 2022 yilgi jahon chempioni Anxel Di Mariya JCH-2026 yakunlanganidan so'ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.

Jahon chempionati finalida argentinaliklar qo'shimcha vaqtda Ispaniyaga imkoniyatni boy berishdi (0:1).

"Butun mamlakat siz bilan faxrlanadi. Siz ushbu jahon chempionatida ko'rsatgan muhabbat va xarakter evaziga yurtimiz yana bir bor birlashdi. Siz allaqachon tarixga kirdingiz, siz - afsonasiz va buni hech kim sizdan tortib ololmaydi.

Mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi terma jamoa. Ketma-ket beshta final - va buni ham sizdan hech kim tortib ololmaydi.

Barchasi uchun katta rahmat. Sizlarni juda yaxshi ko'raman", - deb yozdi Di Mariya.

Ma'lumot uchun, Lionel Skaloni qo'l ostida argentinaliklar Amerika Kubogi - 2021, Finalissima - 2022, JCH-2022, Amerika Kubogi - 2024 musobaqalarida g'olib chiqishdi va JCH-2026 finalida mag'lub bo'lishdi. Di Mariya terma jamoadagi faoliyatini 2024 yilda yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar