Argentina terma jamoasi afsonasi faoliyatini yakunlashi mumkinligiga shama qildi

22 avg 2026, 10:35
"Rosario Sentral" hujumchisi Anxel Di Mariya tez orada professional faoliyatini yakunlashi mumkinligini tan oldi.

Bu haqda 37 yoshli argentinalik futbolchi jamoaning Libertadores kubogidan chiqib ketganidan so'ng ma'lum qildi.

O'yindan so'ng Di Mariya endi faoliyatini davom ettirish bo'yicha rejalarini qayta ko'rib chiqishi mumkinligini tan oldi.

"Hozir og'ir davr, chunki mening orzum davom ettirish edi, ammo bu futbol. Endi men o'ylab ko'rishim va bundan keyin nima qilishni xohlashimni hal qilishim kerak", - dedi Di Mariya ESPN’ga bergan intervyusida.

Shuningdek, futbolchi Fox Sports bilan suhbatda mag'lubiyatga izoh berdi:

"Bizda juda ko'p vaziyatlar bo'ldi, ammo bu biz o'tkazishni xohlagan o'yin bo'lmadi. Biz ko'p aziyat chekdik va imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Bazida hamma narsa siz xohlagandek bo'lavermaydi va hozir biz bilan aynan shu narsa sodir bo'ldi".

Di Mariya professional faoliyatini 2006/2007 yilgi mavsumda boshlagan. Yuqori darajadagi 20 yil davomida u 37 ta sovrinni qo'lga kiritdi, jumladan 2008 yilgi Olimpiada, "Real" bilan Chempionlar Ligasi, ikkita Amerika kubogi va JCH-2022. 2024 yilda argentinalik futbolchi milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN