

Avvalroq mustaqil komissiya "Siti"ni APL moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog'liq 130 ta holat bo'yicha aybdor deb topgani xabar qilingandi. Klubga nisbatan jazo hozircha belgilanmagan.
Nevillning takidlashicha, ushbu ish "Manchester Siti"ning so'nggi 15 yildagi yutuqlariga jiddiy savollar tug'dirmoqda.
"Manchester Siti"ning butun muvaffaqiyatli davri endi savol ostida. Bu jiddiy masala: u ingliz futboli poydevorini silkitmoqda va biz ko'rgan eng buyuk jamoalardan birining yutuqlariga shubha uyg'otmoqda.
Yaqin haftalarda "Siti" futbolchilari bor kuchlari bilan kurashishi tabiiy. Siz klubingiz manfaatlarini oxirigacha himoya qilasiz. Ammo agar ayblov bo'yicha chiqarilgan qarorlar o'z kuchida qolsa, bu davr abadiy dog' bilan qoladi. O'sha yutuqlarning qadri pasayishi mumkin", - dedi Nevill.
Sobiq futbolchi "Manchester Yunayted"ning Yevropa Superligasi loyihasidagi ishtirokiga ham munosabat bildirganini esladi va "Siti" muxlislari hamda futbolchilari klub poziciyasini ochiq himoya qilishi kerakligini aytdi.
"Boshqa mamlakatlarga qarasangiz, korrupsiya va moliyaviy doping go'yo qayerdadir xorijda sodir bo'layotgandek tuyulardi. Endi esa APLning o'zi loyga botirilmoqda, chunki so'nggi 15 yilda hukmronlik qilgan jamoa sovrinlarni halol bo'lmagan yo'l bilan qo'lga kiritgan bo'lishi mumkin. Bu juda jiddiy holat.
APL "Aston Villa", "Nottingem Forest", "Sheffild Uensdey"siz ham yashab qolgan. Bir necha yil avval bu klublar "Manchester Siti"dan kattaroq edi.
Menimcha, "Siti"ni quyi divizionga tushirish-tushirmaslik ikkinchi darajali masala. Asosiy savol - klub o'sha davrdagi yutuqlarini saqlab qoladimi?
Klubga egalik qilish - ulkan mas'uliyat. Bu masalaga juda jiddiy yondashish kerak. Jarima yoki "Siti" uchinchi yoki to'rtinchi ligaga tushadimi-yo'qmi, degan savolga ortiqcha berilib ketmaslik lozim", - deya qo'shimcha qildi Nevill.



