"Nasaf" stadionida yoritish tizimi yangilanmoqda

Sherzod Nurmatov
11 sen 2026, 17:05
Barchaga ma'lumki, “Nasaf” futbol klubiga tegishli “Markaziy” stadioni ko'p yillardan buyon klublar o'rtasidagi hamda turli yoshdagi terma jamoalarimiz ishtirokidagi xalqaro bellashuvlarga mezbonlik qilib kelmoqda.

“O'zingizga ma'lumki, joriy mavsumda bosh jamoamiz Osiyo Chempionlar Ligasi 2, qizlar jamoamiz esa Ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

4.jpg5.jpg

Jamoalarimizning xalqaro turnirlardagi ishtirokidan avval “Markaziy” stadionidagi yoritish tizimini FIFA hamda OFK talablariga moslashtirish maqsadida yangilash ishlari boshlandi.

Mazkur ishlar yakunlangach, stadiondagi yoritish tizimi xalqaro uchrashuvlarni yuqori talablar asosida o'tkazish imkonini beradi”, – deyiladi qarshiliklar xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати