

Superliga doirasida "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalari shu kungacha Qarshida jami 19 ta o'yin o'tkazishgan.
Ushbu bahslarning teng yarmidan ko'pida - 10 ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan. Mehmonda o'ynashiga qaramay,
"Bunyodkor" 5 ta uchrashuvda zafar quchgan bo'lsa, "ajdarlar" o'z maydonida 4 marotaba g'alaba qozongan. To'plar nisbati bo'yicha mezbonlar biroz oldinda: 20-17.
E'tiborli jihati, "qaldirg'ochlar" 2021 yildan beri Qarshida yutqazmayapti. O'sha mavsumdagi 0:5 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng toshkentliklar Qarshida kechgan oxirgi 4 ta o'yinning birortasida maydonni mag'lub bo'lib tark etishmagan (1 ta g'alaba va 3 ta durang).
Ma'lumot uchun, bugungi o'yin soat 20:00 da start oladi.



