"Xall" ustozi APLda oyning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2026, 16:45
"Xall" bosh murabbiyi Sergey Yakirovich avgust oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

Chempionshipdan elit divizionga qaytgan 49 yoshli bosniyalik mutaxassis jamoasi mavsum startidagi 3 turda 7 ochko jamg'ardi - "Manchester Yunayted" (2:0) va "Koventri"ni (1:0) mag'lub etdi, shuningdek, "Aston Villa" bilan durang o'ynadi (0:0).

4.jpg

So'rovnoma jarayonida Yakirovich Mikel Arteta ("Arsenal"), Xabi Alonso ("Chelsi") va Enco Mareskani ("Manchester Siti") ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com