

"Har doim yaxshi boshlab olish muhim. Oldinda "Bavariya"ni uzoq yo'l kutmoqda, ammo biz umumiy bosqichdayoq imkon qadar yuqoriroq o'rinni egallashni istaymiz. O'z maydonimizdagi ilk bahsda juda ishonchli o'yin ko'rsatishni va turnirdagi butun ishtirokimizga ohang berishni xohlagandik. Bizga yaxshi tashkillashtirilgan raqib qarshilik ko'rsatdi, ammo oqshom ajoyib o'tdi.
O'tgan mavsumda biz juda yaqin kelgandik. Yarim final taqdirini mayda detallar hal qildi. Endi bizda yangi mavsum. Murabbiy g'oyalarini juda yaxshi tushunyapmiz va har qanday jamoaga xavf tug'dirishga qodirmiz", – deya Keynning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Bavariya" "Viking"ga qarshi o'ynaydi (13 oktyabr), "Budyo-Glimt" esa Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan to'qnash keladi (14 oktyabr).



