O'zbekiston futzal MTJning Yevropa safari uchun kengaytirilgan ro'yxati ma'lum

Sherzod Nurmatov
11 sen 2026, 15:34
Bugun, 11 sentyabr sanasidan futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.


Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes boshchiligidagi terma jamoa a'zolari to'rt kun davomida O'FA Terma jamoalar markazi sport zalida mashg'ulotlar olib borishadi. Shundan so'ng Yevropa safariga jo'nab ketishadi.

FIFA kunlari doirasidagi kelishuvga binoan O'zbekiston milliy terma jamoasi Yevropaning ikki kuchli terma jamoasiga qarshi to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazishi rejalashtirilgan.

Vengriya bilan ikki uchrashuv

15 sentyabr kuni erta tongda Budapesht shahriga yo'l oladigan terma jamoamiz 17 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 da Vengriya terma jamoasiga qarshi ilk xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Ikkinchi uchrashuv esa 19 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 da boshlanadi.

Niderlandiya bilan ikki uchrashuv

Vengriya safaridan so'ng vakillarimiz 20 sentyabr kuni Niderlandiyaning Amstyerdam shahriga yo'l oladi. “Lolalar mamlakati”da Xose Mariya Mendes shogirdlarini Niderlandiya Qirolligi terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi.

Birinchi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi 21 sentyabr, ikkinchi bahs esa 22 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

2.jpg



Yevropa safari oldidan Milliy terma jamoa yig'iniga jalb etilgan futzalchilarning kengaytirilgan ro'yxati:

Darvozabonlar: Abbos Elmurodov, Shavkat Ibragimov

Himoyachilar: Mashrab Adilov, Ilhomjon Hamroev, Shahzod Sadiev, Shohjahon Shonazarov, Jamoliddin Sattorov
 
Qanot o'yinchilari: Quvonchbek Jahonov, Husniddin Nishonov, Xayrulla Solihov, Shahram Faxriddinov, Sunnatilla Jo'raev, Asilbek Vafoev, Behruz Samiev, Abror Ahmedzyanov, Jasur O'rinbosarov, Javohir Abdulvosiev, Eldor Nig'matov

Hujumchilar: Muzaffar Ahadjonov, Burhoniddin Sodiqov, Abdulboriy Ilyosov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif